Привет, Гость!
Chat (2) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: Eski va o`g`irlangan latifalar 2
Бир куни ҳайвонларни армияга олиб кетаётишса, айиқни боргиси келмасдан қуёндан маслаҳат сўрабди. Қу...davomi
Библиотека | Boshqalar
1 2 3 4 >>

Raqqosa (kamolov) copy

Добавил:!!!!!kamolov!!! (03.04.2018 / 05:28)
Рейтинг:rating 243043 article (0)
Прочтений:23317
Комментарии:Комментарии закрыты
Manzura endi 17 ga to'ldi. Tug'ilishi bilan qo'l-oyoqlarini boshqacha qimirlata boshlagan ekan. Shunda doya xotin “Voy, tavba, oxirzamon bolalari-da, tug'ilib ulgurmay, harakat boshlaydi-ya”, deb rosa kulgan ekan. Onasi Zubayda opa esa “Demak, qizim Dilafruz Jabborova, Qizlarxon Do'stmuhamedovalarga o'xshagan mashhur raqqosa bo'ladi”, deb duo qilibdi…
Afsus, peshonasi sho'r chiqdi. Uch yasharligida ota-onasi avariyaga uchrab o'lib ketdi. Manzura o'gay ammasi Bozorgulning qo'lida qoldi.
Aslida Bozorgul otasi Mannop aka bilan bir padarning bolalari edi. Onasi boshqaligi uchun nuqul ammasi o'gaysirayverdi. Yonida yaqinlari yo'qligi ham ammaga qo'l keldi. Birinchi sinfda o'qiy boshlagandan pul topishga majbur etaverdi. Manzura bola boshi bilan hali u boynikida, hali bu boynikida idishini yuvib, mollarining tagini tozalab kun ko'rdi. Ishlab topgan pullarini ammasining qo'liga tutqazdi.
Faqat Ozodboy paxtachi uni ishlashga qo'ymasdi.
— Qizim, jikkakdekkina bo'la turib juda chiroyli raqs tushasan-da, — deya alqardi Ozodboy. — Qo'y, shu ishlarni bajarib o'zingni xor qilma. Xudo olsin o'sha ammangni! Sen yaxshisi men uchun “Tanovar”ga o'ynab ber, shartlashilgan pulingni beraman, hech narsa bo'lmagandek johil ammangga tutqazaverasan…
Shuning uchunmi, hadeganda Ozodboynikiga borgisi kelaverardi. Shu xonadondagina yaxshi, iliq gap eshitardi, ko'ngli ko'tarilardi. Dunyoga mehri ortgandek bo'lardi…
Manzura shularni o'ylab to'yxonaga kirib kelganini sezmay qolibdi.
Ha, bugun Xolida dugonasining akasi uylanyapti. Qishloqchilik-da, haliyam stolni hovliga tuzashadi. Restoran, kafelarda to'y qilishmaydi qishloqdagilar. Buning qulay jihati ko'p-da! Ham pul kamroq ketadi, odam esa gur-gur kelaveradi. Chaqirilganiyam, chaqirilmaganiyam kirib stol qarshisidan joy olaveradi…

* * *

Manzura bolalikdan raqs, musiqa desa jonini beray deydi. To'y-to'noqqa borsayam, boshqalar kabi gap sotib laqillashmaydi. Ikki ko'zi, qulog'i artistlarda bo'ladi. Qishloqda ularni otarchi deyishadi-yu, ammo otarchilar orasidayam uncha-muncha artistni ortda qoldiradiganlari topiladi. Ashula deysizmi, mashshoqlik deysizmi, qiyib qo'yadiganlari bor.
Manzura dugonasinikiga kirib kelgani hamono odatiga ko'ra otarchilar o'tiradigan so'ri tarafga ko'z tashladi.
Xayriyat, Bozor hofizning guruhi kelibdi.
Shu Bozor hofizning nolalari Manzuraga yoqadi. Ayniqsa, mumtoz ashulalarni sayratib yuboradi. Mashshoqlariyam o'zi kabi juda usta. Bozor hofiz juda ilhomi jo'shib ketsa, ashula orasida mashshoqlarga gal berib qo'yadi. Biri g'ijjak, boshqasi doyra, uchinchisi elektr gitarani sayrata-sayrata jami yig'ilganni sel qiladi.
— Ha-a, Manzu, o'ylanib qolding, tinchlikmi? — xayolini bo'lib so'radi Xolida. — Yana romantikliging tutdimi? Yo otarchilarni baholayapsanmi?
— Voy, Bozor hofizni baholab bo'larkanmi? — dedi Manzura ashuladan erib. — Bulbul-ku, bulbul! Nolalarini qara, odamning yuragini ezvoradi!
— Shunaqa deysan-u, — dedi asabiy lab tishlab Xolida. — Raqqosa opkelishmabdi-da, yashshamagurlar! Dadam ham rosa achchiqlandi. Axir, o'zing bilasan-ku, bizning taraflarda raqqosasiz to'y to'ymidi?
— Ha-a, to'g'ri aytasan, — dedi Manzura. — Topisha olmagandir-da!..
— Menga qara, — Xolida kutilmaganda Manzurani turtdi. — Shu qilganlariga o'zing bir boplab raqs tushib bermaysanmi? Qotardi-da hammasi!
— E, bo-or-e, — dedi qo'l siltab Manzura. — Men kim bo'pman Bozor hofizning ashulasiga raqs tushib? Yo'q, sira iloji yo'q.
— Meni hurmat qilmaysanmi? — gina aralash so'z qotdi endi Xolida. — Ozib-yozib uyimizda to'y bo'lyapti. Akam rosa xursand bo'lardi raqs tushib bersang!.. Ha, mayli, zorim bor, zo'rim yo'q…
— Darrov xafa bo'lishni boshlaysan-a, Xoli?!. — deya dugonasini quchib oldi Manzura. — Bo'pti, xafa bo'lmagin, iltimos! Raqs tushib berganim bo'lsin sen uchun!

* * *

Anchadan beri qishloqdoshlari qarshisida raqs tushmagandi. Xolida yugurgancha borib o'rtakashga nimalarnidir uqtirgach, u mikrofonni qo'liga oldi-da, yig'ilganlarga barala e'lon qildi:
— Hurmatli kuyovimizning, kelinimizning mehmonlari! Endi tabrik navbatini Rabotqishloqda xizmat ko'rsatgan raqqosa Manzuraxonga beramiz! Singlimiz mashhur “Xorazm lazgisi”ga xirom aylaydilar! Marhamat, Manzuraxon!..
Zum o'tmay, eshila-eshila raqs tushayotgan Manzurani yoshu-qari qarsak-u, hushtaklar bilan olqishlay boshladi. Yoshi ulug' erkaklar, ayollar havas bilan Manzurani bir-birlariga ko'rsatib maqtay ketishdi. Dugonalari esa tosh qotgancha uning har bir harakatini kuzatib turishdi. Qoyil qolganlar bosh qimirlatishni ham unutmadi.
Nihoyat qo'shiq ham tugab, Manzura ikki yuzi olmadek qizargancha dugonalari orasiga o'zini urdi. Ammo sal o'tmay, yana Xolida uni chetga tortdi.
— Manzu, — dedi u otarchilar uchun ajratilgan so'ri tomon ishora qilib. — Bozor hofizning prodyuseri seni chaqiryapti.
— Prodyuseri? Uning prodyuseri bormikan?
— Soddasan-da, Manzu, —dedi Xolida. — Hozir otarchilar ham o'ziga prodyuser olvolishgan. O'sha prodyuserlar topadi-da to'yni!
— Meni nega chaqiradi unda? — so'radi Manzura ensasi qotib. — Boshqa raqs tushmayman!
— Yur, ana, bizning dahliz yonida turibdi. Menam yoningda bo'laman. Qani, nima derkin?!.
Manzura hayron bo'ldi-yu, Xolidaga ergashdi.
Haqiqatan bir chetda past bo'yli, yoshi qirqlarga borib-bormagan erkak kulimsirab turardi.
— Rahmat, Manzura, — dedi u xuddi eski tanishlardek. — Raqsni qotirdingiz lekin. San'atingizga qoyilman!
— Menda biror ishingiz bormidi? — so'radi Manzura. — Nega chaqirtirdingiz?
— Oldin o'zimni tanishtiray, — dedi u. — Ismim Murod aka. Mana shu Bozorjonga prodyuserlik qilaman. Bundan tashqari, poytaxtdayam sizga o'xshagan ikki raqqosam bor. Ularni bu yil nasib bo'lsa, mashhur raqs guruhlaridan birontasiga joylashtirish niyatim bor… Nima desamiykin?.. Xullas, sizning san'atingiz menga juda ma'qul keldi. Istasangiz, bizlarminan to'ylarga yuring, ham malakangiz oshadi, qolaversa, bir-ikki so'm pul ishlaysiz.
— Voy, men-a? — dedi Manzura hayratini yashira olmay. — Y-yo'q, unaqa narsalarga…
— Singlim, shunday ajoyib san'atingiz borakan. Uni xor qilish yaramaydi. Agar yaxshi ishlashib ketsak, o'zim sizni konservatoriyaga o'qishga kiritib qo'yaman. Mana, dugonangiz guvohligida aytyapman!
— Bilmadim, — dedi bosh egib Manzura. — To'g'risi, o'zim ham qiziqaman-ku, ammo uydagilar…
— Eshitdim, — yanada jonlandi Murod. —Ammangizning qo'lidaykansiz. Buyog'idan kelsak, menam yetimlikda o'sganman. Yetimning qanday kun ko'rishini juda yaxshi bilaman. Ishoning, ammangizni ko'ndirishni menga qo'yib bering. Ertaga boraman uylaringizga! Maylimi?
— Mayli, — dedi Manzura jilmayib dugonasiga bir qarab olarkan. — Boravering, aka!

* * *

Bilmaydi, xudoning bergan kuni Manzura soat kechki o'nga zang urdimi, uxlab qolardi. Bugun uyqusi qochdi. Xayolan o'zini bir-biridan chiroyli harir liboslarda, xuddi hind filmlaridagi kabi ko'z qamashtiruvchi yorqin sahnalarda tasavvur etardi. Yo'q, bilardi, to'ylarga yuradigan raqqosalarni yallachi deb kamsitishlarini ko'p eshitgan. Ammo ularning raqslarini ko'rgach,
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 3 4 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
adultop.ruKatStat.ru - Топ рейтинг сайтовTOporn.su - Рейтинг порно сайтовSKYTPOP.US -  Рейтинг сайтов | Каталог сайтов