Привет, Гость!
Chat (6) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: "UZBXXX.COMda CHEMPIONCHIP" (BY SiMPoTiK)
SiMPoTiK_CHEMPIONCHIP...davomi
Sayt uchun ajoyib dastur!!!
Библиотека | Er xotin munosabatlari
1 2 3 >>

MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l... (IV- QISM...)

Добавил:-MAJNUN- (06.02.2018 / 08:14)
Рейтинг:rating 240830 article (0)
Прочтений:7046
Комментарии:Комментарии закрыты
MUHABBAT JILG`ALARI: Biz tanlagan yo`l...

Avvalgi I -II -III - Qismlar...

IV - Qism...

Kunlar o`ta boshladi, har kuni uni qo`ng`irog`ini kutardim. Ammo qattiq gapirib, dilini og`ritib qo`ydim shekili, boshqa qo`ng`iroq bo`lmadi.

* * *

Tong. Hayrli juma tonggi otdi. Turasolib bugungi sanaga bir qarab olarkanman:

``Ertaga tug`ulgan kunim...`` -deya suyunib oldim.

Oyim odat qilib olishgan, tug`ulgan kunimizda, uyda hadim quron o`qitadilar. Biroq bu safar bir kun avvalga surib, muborak juma kunida o`tqazishni niyat qilibdilar.
Doyimdidek hadimni risoladagidek o`tqazdik, barchani kuzatib qo`ydik.
Aka-ukalar ko`chadan hovliga kirarkanmiz, katta akam o`rtagizga kirib qo`llarini yelkalarimizga tashladi.

``Sizlar meni qanotimsiz!``

Akam doyim shu so`zlarni takidlaganida, yaxshi bir ishni boshlash taraddudida bo`ladi. Shu ish yuzasidan aka-ukalar maslaxat qilamiz. Akam yolg`iz o`tirishimiz uchun, bizni mehmonxona tomon boshladi.

- Dadasi. - yangam chaqirdi. - Qolgan oshni suzyabman, kelasizlarmi? -deya bizlarni ovqatlanishga chaqirdilar.
- Sizlar ayolla o`zlaring yeyaveringlar... Bizga ozroq suzib olib kelsang yetadi. Ukalarim bilan ikki qoshiqdan yeb bir o`tiramiz!

Aka-ukalar lagandagi oshni yeyarkanmiz, akalarim ma`noli, mehirli qarab oldidan chiqqan go`shlarni men yonimga surib qo`yishardi.
Oyimni, akalarimni mehri dadamni yo`qliklarini sezdirmaydi. Shunday chog`lari ollohga shukuralar aytaman, menga shunday jigarlarni bergani uchun.

Oshni yeb bo`lgach, akam choy ho`plarkan, gap ochdi:
- Murod nima qilasan endi?
- Bo`ldi, bugun ishga bormiman. Uydagi yumushlarni qilaman... - men jo`n ma`noda tushunibman.
- Yo`q, tushunmading! Maqsading nima? O`qisanmi?
- Eee yo`q! 12 yil o`qidim yetadi. Ishlayman...
- Qayerda?
- O`zimni ishimda...
- U ishing bo`maydi... -dedi akam.
- Voy nega?! Bilasizmi kecha tushgacha 14, tushdan keyin 19 ta isitgich yeg`dim... Akam har biri uchun 3200 so`mdan, 105 ming so`m oldim. Bir kunda yomonmas-ku!

Ikkivo akam ham kuldi. Katta akam mashina so`yadi. Kichigi mashina ehtiyot qismlarini remont qiladi. Topishlari zo`r, har halda meniki oldida.

- Sizlar kulmanglar, hammaham qo`ldan kelganini qiladi. Muhimi peshona terim halol. -dedim, kulganidan jahlim chiqib.

Yonimda o`ltirgan kichik akam, qo`lini yelkamga tashlab, bo`ynimdan siqib, battar ga`shimga tegdi.

- Bu ishing vaqtincha. Sen doyimiy ish o`rni haqida o`ylashing kerak. Buni uchun o`qishing kerak...
- Yo`q, o`qimiman... Hunar o`rganaman, sizlardek temir-tersak bilan shug`ullaman...
- Bizdek sovuq, issiq kunda temir changallama, moyga botma deyabman ukam...

O`qishga hushim yo`qligi uchun, akalarimning nasihatlari yoqmadi.

- Eeee...
- Ha, mayli bu masalani keyin bafurja o`ylab ko`ramiz...

Katta akam biroz o`ylanib turdida:

- Senga mashina olib beraymi? -dedi to`satdan.
- Mengami? -dedim, hayron bo`lib.
- Ha...
- Mashinani nima qilaman?... Yo`q, rostdanmi? - dedim, quloqlarimga ishonmay.
- Minasanmi?
- Ha, albatta...

Katta akam jahldor, qaysar bo`lgani bilan juda bir barkamol, unumli insonlar. Har bir ishni keyini o`ylab ko`radi. Reja tuzsa ko`p yillarga tuzadi. Aka-ukalar tez-tez kelajak rejalarni shunday muhokama qilamiz. Esimda Lasetti olganimizda ``Endi navbat Davronga`` -degandi.

- Akamchi? -dedim kichik akamga imlab qarab qo`yarkanman.
- Davronga, Lasetti...
- O`zizchi?
- Menga seni velasapeding... - hazillashib kuldi.
- Velasapedim menga qadrli... Unga arzurli qanaqa mashina olib berasiz? -dedim kulguga olib.
- Damas!
- Lasetti yoki Neksiya II bo`lsa yaxshi bo`larmidi-a?.. -akamga erkalik qildim. - Mazza qilib haydab yurardim! -dedim.
- Damasda ham mazza qilish yo`lini o`rgataman... -dedi, aka jiddiylashib.
- Qanday?
- Davron akangni ishlarni endi sen qilasan. Akang yengil yelpi ishlarga o`ralashib qolyabdi. Damasni minib, yugur-yugurlani bajarasan. Ho`sh eplaysanmi?

Kichik akam, asosan og`ir yuk mashinalar, tiraktorlarni kamyob ehtiyot qismlarini tamirlaydi. Bazida tishlari yedirlib, sinib ketgan shestirnalarni arzon sotib oladi. Payvantlab kemtigni to`ldiradi, toker dasgohida ishlov beradi, charxlab to`g`irlaydi va temerchiga olib borib sug`artirib, pishiqlab keladi.
Shu yo`l bilan arzon ammo deyari yangidan qolishmagan baquvat bo`lgan ehtiyoq qismlar tayorlaydi. O`ylashimcha bu vazifani bemalol eplayman.

- Roziman... Aaaa, akam nima qiladi? -dedim.
- Akang senga o`rgatadi va meni ishlarimni qiladi...
- Siz nima qilasiz?
- Men uyni tozalayman... Akanganni imoratini bitqazaman... Hudo xolasa, sen uylanguningcha bu uylarni senga bo`shatib berish uchun zamin hozirlayman...

Katta akam ishdan chiqqan yengil mashinalarni sotib olib, qisimlarga bo`lib yaroqlilarini temir bozorida sotardi. Juda ko`p mashina so`ygani sabab ko`chib chiqish uchun qurgan uyini, hovlisiyu, charbog`igacha zapchastlaru, temir-tersakka to`ldirdirib tashlagandi. Tozalash deganda shuni nazarda tutdi.

- Ertaga shanba, mashina bozoriga chiqamiz, seni nominga bitta Damas olamiz... O`ynab yurgani mas, yuk tashish uchun minasan, bo`ladimi?..
- Bo`lganda qandoq, roziman... Lekin boshliq kim bo`ladi? -dedim hazil qilib.
- Boshliq uchta bo`ladi. 1 oyim, 2 men, 3 Davron...

Yana akalarim ustimdan kuldi. Lekin baribir ularni yaxshi ko`raman...

* * *

Shanba tong otib ulgurmay akam uyg`otdi.

- Hayrli tong polvon.
- O`zizga ham aka... Vohli emasmi? -dedim, ko`zlarimni ochishga qiynalib.
- Yuzingni yuv. Pasport, piravangni olib chiq, mashinani qizdirib turaman...

Shu kuni mashina bozorni aylanib, ko`nglimizdagisini topdik. 1, 2 yil minilganu, ammo sifati yaxshi.
Nataryusda meni nomimga rasmiylashtirdik...

Shu kun, hayotimdagi eng zo`r tug`ulgan kun bo`ldi. Tug`ulgan kun ziyfatiga, mashinani qulluq bo`lsini qo`shilib ketdi. Yaqinlarim, do`stlarimni chaqirib nishonladik. Eng quvontirgani akalarim, oylada mening ham katta o`rnim borligiga ishontirayotgani, to`g`ri yo`lga yo`naltirayotgani edi...

* * *

Kech bolib, qolgandi. Endi meni ham, mashinam borligidan juda hursand edim. Mashinamda o`rindiqni yotqizib, magnitafon eshitib yotgandim. Telefonim jiringladi, qarasam yashirin raqam. Asta kok tugmani bosdim.

- ``Assalom a`laykum...``

Shodiyonaga to`la kunimning yakuni yanaham totli bo`ladi deb sira o`ylamgan edim. Sirli qizning, hayajoni jo`shib turgan, yoqimli titroq ovozlarini eshitib, ko`nglimdagi gard yuvulgandek, yengil his qildim. Bir necha sonya, uning hayajon ila tez-tez olayotgan nafasiga quloq tutib qolibman.

- ``Allooo, meni eshityabsizmi?`` -dedi.
- ``Himm!``

O`ylanib qoldim. Balki uni kimligini bilib olganimni aytsammi?! Yoki hechnima bo`lmagandek gaplashaversammi?!

- ``Yaxshimisiz?`` -dedi,
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 3 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url


Комментарии
Всего: 0
На главную
EroTop.mobiwaplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовFaptop.ru