Привет, Гость!
Chat (2) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: Saunada
Men 19 yowdaman sizlarga bir voqeani aytib bermoqchiman hullas mani ismin axror ota onam hamda bir u...davomi
QIZINGIZNI ROXATDAN BAQIRISHINI ESHITMOQCHIMISIZ?
Библиотека | Boshqalar
1 2 >>

N.I. Meni kechir RANO 3

Добавил:rustam89 (14.07.2014 / 19:29)
Рейтинг:rating 53102 article (0)
Прочтений:10152
Комментарии:Комментарии закрыты
Qoʻngʻiroq chalindi. Men chuqur nafas oldim. Ra’no yana yonimga keldi.
— Aybdorman, — dedi boshini egib, — men tufayli...
— Yoʻq... yoʻq, hecham unaqa demang. Oʻzim sal noʻnoqroqman. Tayyor oshni toʻkib qoʻydim. Boshqa boʻlganida...
— Siz oʻqituvchiga e’tibor bermadingiz-da...
— Ha-a, shunday boʻldi. Endi pishiqroq boʻlaman.
— Yalqovlik qilmay, uyda tayyorlanib keling-da, — jilmaydi Ra’no. — Hozir yaxshi oʻqimasangiz, oʻqishga qanday kirasiz?
— Oʻqimasdan yashab boʻlmaydimi?
— Unday hayot chiroyli emas-da, — Ra’no jiddiylashdi.


«Nima qipti? — xayolimdan oʻtkazdim men. — Ana, oʻtgan yili maktabni tugatganlardan birontasiyam oʻqishga kirolgani yoʻq. Men oʻqiganimda shoxim chiqarmidi? Ja, uzoq ketsam, oʻqituvchi boʻlarman. Hozir esa, bu kasb boʻlmay qoldi. Muallimlarning bari noligani-noligan. Maoshi kammish. Hatto bir safar oylik oʻrniga aroq berishibdi. Oʻzi maktab boʻyicha qolgan erkak oʻqituvchilar beshta. Shu «maosh»ni olishdi-yu, bir hafta birontasiyam qorasini koʻrsatmadi».
— Men oʻqituvchi boʻlmayman, — dedim viqor bilan.
— Juda yaxshi, oʻqib boshqa kasbni egallaysiz, — dedi Ra’no.


Yana qoʻngʻiroq chalindi. «Endigi dars jismoniy tarbiya, nasib etsa, bu safar quloqning «isitma»si chiqmaydi», degan oʻy oʻtdi xayolimdan.


Oʻqituvchi sinfga ikkita toʻp koʻtarib kirib keldi.
— Xoʻ-oʻ-sh, — dedi u choʻzib oʻziga yarashmagan ingichka ovozda. — Qizlar volleybol oʻynaydi, oʻgʻil bolalar futbol. Hamma sport kiyimini kiysin-da, stadionga ortimdan yetib borsin!


Bunaqa gap kimgayam yoqmaydi, deysiz. Tezlikda butun sinfimiz bilan stadionda paydo boʻldik. Maroq bilan toʻp surarkanman, yonginamizdagi kichik maydonchada sport kiyimida yelib-yugurayotgan, sarviqomat Ra’noga qarab-qarab qoʻyaman. Oʻzimning nimalarga qodirligimni koʻrsatish uchun bitta-ikkita raqib oʻyinchilarni aldab oʻtaman. Gol boʻlganda esa, qattiqroq baqirib, qoʻllarimni osmonga koʻtaraman. Buning barisini Ra’no koʻrib turganligiga shubham yoʻq edi. Biroq kutilmaganda quvonchim yoʻqqa chiqdi. Bektosh meni aldab oʻtaman deb yiqilib tushdi-da, oyogʻini ushlagancha dod-voy sola boshladi. Shu payt yonimda oʻqituvchimiz paydo boʻlib qolsa boʻladimi? U Bektoshning oyogʻini ushlab koʻrdi-da, «Kim qildi?« deya soʻradi. Jabrlanuvchi qoʻlini bigiz qilib kaminani koʻrsatgach, menga juda yaxshi tanish boʻlgan ovoz yangradi: »Qars!» Qarabsizki, qulogʻimga qoʻshilib basharam qizil rangga kirib turibdi.


«Ishqilib, Ra’no koʻrmagan boʻlsin-da», degan oʻyda boshimni koʻtardim... va dahshatdan qotib qoldim. Ikki qadam narida koʻzlari jovdiragan alfozda Ra’no menga qarab turardi... Eng yomoni, toʻsatdan qiz piqillab yigʻlab yubordi va oʻqituvchiga qaragancha:
— Boʻldi-da endi, hadeb uraverasizlarmi? — desa boʻladimi!


Oʻlay agar, muallimlardan shuncha tayoq yeb, bu qadar izza boʻlmagandim... Axir, oʻylab koʻrsangiz, gʻalati-da: tarsakini yegan men-u, yigʻlagan Ra’no...


Toʻgʻrisi, shu paytgacha oʻqituvchilarning shapalogʻiga unchalik e’tibor berib oʻtirmasdim, nazarimda, bu pedagogikaning ajralmas qismi edi. Bugun, koʻzlari jiqqa yoshga toʻla goʻzal Ra’no, mening suyukli sinfdoshim menga achinib, moʻltirab qarab turganida ilk bor bunday tarbiya usuli menga, mening yoshimga endi toʻgʻri kelmasligini payqadim. Shu anglash ta’sirida shartta muallimning qoʻlidan siltanib chiqib ketdim.


Ra’no esa, piq-piq yigʻlagancha kiyinish xonasi tomon chopib ketdi.


Bolalar birdan jim boʻlib qolishdi.


Hatto oʻqituvchimiz ham miq etolmas, faqat bizga hayron boʻlib qarardi.


Biz esa, ehtimolki, aynan shu damda oʻsmirlik ostonasidan hatlab oʻtib, yigitlik davriga qadam qoʻymoqda edik. Bizda endi yigitlik gʻururi, sha’ni, qolaversa, nomusi uygʻonmoqda edi. Biz ayni shu damda endi moʻylablarimiz sabza urib qolganini sezdik. Biz ayni shu damda, toʻqqizinchi sinfda oʻqib yurganimizda oʻz qadrimiz, izzatimiz xususida oʻylay boshladik. Ha, biz, xususan, men bir lahzada ulgʻaydik. Bunga Ra’no, balki mening unga muhabbatim, balki (kim biladi deysiz) uning menga shafqati sabab boʻlgandir...


Dars tugab, sinfga qaytib keldik. Ammo biz endi gʻoʻr oʻsmir yigitchalar emasdik. Nimadir oʻzgargandi...


Tanaffusda Ra’no yonimga kelmadi, buni oʻzim ham istamasdim. Zero, ba’zan gaplashmasdan turib ham koʻp narsani gaplashib olsa boʻlarkan.


Jismoniy tarbiya oʻqituvchimiz shapaloq urgan qulogʻim zingʻillardi. Ba’zan ayrim gap-soʻzlarni eshitmay qolardim. Buni birinchi boʻlib oʻgʻil bolalar anglashdi. Nimagadir ular birdaniga mehribon boʻlib qolishdi. Hatto keyingi soatda oʻqituvchi meni doskaga chaqirib, bir necha savol bera boshlaganida oʻsha chaqmachaqar Bektoshning oʻzi birinchi boʻlib yonimni oldi:
— Buning qulogʻi ogʻriyapti, — dedi.


Shu soʻzlarni aytarkan, Bektosh koʻzlari qizarib ketgan Ra’no tomonga gerdayib qarab qoʻydi, goʻyo shu qiligʻi bilan boyagi ishi uchun uzr soʻrab, qizning oldida oʻzini oqlaganday boʻldi.


Oradan kunlar oʻtdi. Endi sinfdoshlarimiz bizni Anvar-Ra’no deb chaqirishardi. Ularning hammasi biz ikkalovimiz bir-birimizni oʻlarday sevishimizga chippa-chin ishonishardi. Hatto men ham ba’zan bunday gap-soʻzlarga ishonib qolardim.


Ra’no menga mehribon edi. U yonimga yaqinlashsa bas, sinfdoshlarim, keyinroq borib esa, hatto maktabdoshlarim asta-sekin, sezdirmasdan, benihoya odobli kishilarga xos tarzda bizni yolgʻiz qoldirishga urinishardi. Ular bu ishlari bilan bizga katta marhamat koʻrsatganday boʻlardilar goʻyo. Bora-bora men ham qizning yoniga yaqinlashsam, uning dugonalari sekin-asta sirgʻalib chiqib ketadigan boʻlishdiki, zum oʻtmasdan Ra’no ikkalamiz yolgʻiz qolardik.


Bu holni koʻrib men kulardim, Ra’no andak xijolat chekardi, ammo bu doʻstlarcha gurunglashib oʻtirishimizga xalaqit bermasdi.


Ishonasizmi, biz deyarli bir yarim yil mobaynida, ya’ni, oʻninchi sinfni tugatgunga qadar koʻpchilik, deyarli barchaning nazarida Anvar-Ra’no boʻlib yurdik. Holbuki, gurunglarimiz darslaru kelajak mavzuida boʻlardi, juda nari borsa hamqishloqlarimiz yoinki sinfdoshlarimiz xususida gaplashardik.


Men muhabbat istardim, nazarimda, muhabbatimga erishgandek ham edim. Ammo bizning munosabat¬larimizga nimadir yetishmayotgandek edi. Oʻlay agar, bu nima ekanligini oʻzim sira tasavvur qilolmasdim, ammo nimadandir toʻla qoniqmayotganligim rost edi. Deylik, har tong maktabda Ra’noni koʻrardim, bundan quvonib ketishim rost edi, ammo hayajonlanmasdim... Buni qanday tushuntirsam ekan. Ayni paytda bu koʻngil toʻlmasligiga oʻzimga-oʻzim iqror boʻlishga ham choʻchirdim, nazarimda, bu noshukrlikning namunasi boʻlardi, ayniqsa, qizni qattiq xafa qilib qoʻyishdan choʻchirdim...


Maktabni bitirdik. Ra’noning qistovi bilan politexnika institutiga oʻqishga kirdim. Faqat fakultetlarimiz boshqa boʻldi. Yotoqxonamiz bir-birimiznikiga yaqin edi.


U paytlari toshkentlik talabalar ham paxtaga borardi.


Bir kuni terimdan qaytayotib, ikkita yuqori kurs bola bilan arzimagan gap ustida jiqillashib qoldim. Xullas, bittasi yuzimga shapaloq tortib yubordi, unga ikkinchisi qoʻshildi.
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовFaptop.ru