Привет, Гость!
Chat (3) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: hasta qimorboz 1
Muallif zarruxbek zarrux zarrux: -Shu yerga o'tirsam bo'ladimi? -xa bemalol Yosh xonim Rustamni...davomi
QIZINGIZNI ROXATDAN BAQIRISHINI ESHITMOQCHIMISIZ?
Библиотека | Boshqalar

N.I. Meni kechir RANO

Добавил:rustam89 (14.07.2014 / 19:29)
Рейтинг:rating 53097 article (0)
Прочтений:6539
Комментарии:Комментарии закрыты
Ra’no jilmaydi. Uning husn-jamolini yanada goʻzallashtirgan tabassumini koʻrdim-u, dovdirab qolib, sal boʻlmasa yiqilayozdim. Shu bilan yana qoʻngʻiroq chalinib, navbatdagi dars boshlandi.


Ra’nodan keyingi partada oʻtiraman. Qizning silliq taralib, bitta qilib oʻrilgan qop-qora sochiga termulib, xayolan u bilan bogʻ-rogʻlarda sayr qilaman. Unga gullarning eng chiroylisini hadya etaman... U esa boyagidek jilmayadi. Men yayrab ketaman, keyin...


Keyin qoʻlidan ushlab...
— Daftarni joyiga qoʻy, — yonginamdan vishillagan ovoz keldi bir payt.


«Zuhra qanday qilib kelib qoldi bu yerga?» — deya hayron boʻlib yonimga qarasam, oʻtiribdi biqinginamda aftini bujmaytirib.
— Qaydan paydo boʻlding?! — deb yuborganimni oʻzim ham sezmay qolibman. Qoʻlimda esa uning gʻijimlangan daftari. Zuhra koʻrsatkich barmogʻini peshonasiga niqtab aylantirdi-da:
— Jinni-pinni boʻldingmi? — dedi.


Buning nafasi sovuqligini! Onasi qish chillasida tuqqanmi?!
— Endi bitta daftar oberasan, — dedi Zuhra.
— Muzqaymoq yeysanmi? — deya uning «changali»dan qutulish uchun atayin gapni boshqa yoqqa burdim.
— Qaerda sotyapti? — hayron boʻlib qaradi u menga.
— Boya tanaffusda koʻrdim.
— Yeyman.
— Boshqa narsa xohlamaysanmi?
— Shokolad ham bormikan...


«Qars« etgan ovoz keldi bir mahal. Keyin qulogʻim qiziy boshladi. Bildimki, fizika oʻqituvchimiz Tolib aka yonimda. Qoʻrqa-pisa oʻqituvchiga qaradim. »Mana senga shokolad!» dedi u gʻazab bilan. Butun sinf menga zigʻircha achinmadi, qaytanga hamma qah-qah otib kuldi. Faqat Ra’no... Faqat shu qizgina menga achinib, koʻzida yosh bilan qarab turardi. Tarsaki yeb-ku, oʻrganib qolganman, ammo birov senga achinib qarab tursa gʻalati boʻlib ketarkansan...


Tanaffusda Ra’no yonimga keldi. Oʻzini majburlab jilmayarkan:
— Kundan-kunga shoʻx boʻp ketyapsiz, — dedi u. — Zuhra bilan bunchalik apoq-chapoqligingizni bilmasakanman...
— Yoʻ-oʻ-oʻ-q, — dedim keskin boshimni chayqab. — U menga xalaqit berdi.
— Qanaqasiga?
— Yoz... ha, yozayotgandim. Adabiyotga tayyorlanayotuvdim.
— Fizika darsida-ya...


Yolgʻonim oshkor boʻlmasligi uchun «hm» deb qoʻya qoldim.
— Tushunarli... agar oʻqituvchining oʻrnida men boʻlganimda, bu betingizga ham tushirgan boʻlardim.


Ichimdan «qaniydi» degan bir nido keldi. Axir bu qizning chiroyli kafti yuzimni silaydigan boʻlsa, kun boʻyi hamma darsda butun sinfni boshimga koʻtarishga ham tayyorman.


Shu payt qoʻngʻiroq «voy-voy»lab qoldi-yu, gap-soʻzni tugatishga majbur boʻldik.


Dunyoda eng ogʻir fan qaysi deb soʻrashsa, hech ikkilanmay «ximiya» deb javob berardim. Ochigʻi, shu fanga hecham tushunmayman. Oʻqituvchimiz qanaqadir qorishmalar deydimi-ey, yana ekvivalent-pekvivalentiga balo bormi...
— Toʻxtasinov! — dedi oʻqituvchimiz uzoq vaqt jurnalga tikilib turgach. Bu kaminaning familiyasi. Lekin sharifim ayni damda tilga olinishini hecham istamagan edim. Biroq... taqdir ekan, nachora.
— Labbay, — dedim ohista. Javobimni, menimcha, oʻzimdan boshqa hech kim eshitmadi.
— Toʻxtasinov! — bu safar oʻqituvchining ovozi asabiyroq chiqdi.
— Men, — deya sekin boʻy koʻrsatdim.
— Qulogʻing tom bitganmi? — Oʻqituvchining gapiga sinfning u yer-bu yeridan chiqqan «piq-piq« kulgi sasi qoʻshildi. Hatto kimningdir »ikki quloq ham ketgan», degan soʻzlarini eshitganday boʻldim.
— Doskaga chiq! — buyurdi oʻqituvchi. Shunda oldingi partada oʻtirgan Ra’no qandaydir qogʻozni gʻijimladi-da, parta ustiga, men oʻtadigan tomonga qoʻydi. Miyam yashin tezligida ishlab ketdi. Doskaga chiqayotganimda u qoʻygan qogʻozni sezdirmasdan olib oʻtdim. Oʻqituvchi uyga vazifa qilib berilgan masalani doskada yechishimni buyurdi. Xursandman, zero, Ra’noning yordami bilan muallimning chigʻirigʻidan oppa-oson oʻtib ketaman.


Doska tomon oʻgirildim-da, suyuklimning nozik qoʻllari bilan yozilgan uyga vazifani doskaga koʻchira boshladim. Yana ikki daqiqa vaqtim boʻlganda «besh» olishim aniq edi. Ammo mutlaqo kutilmaganda quloq qurgʻur yana qizib ketdi-yu, men qahr bilan boqib turgan muallimga yuzlandim.
— Meni ahmoq deb oʻyladingmi?..
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовFaptop.ru