Привет, Гость!
Chat (1) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: ЛАТИФАЛАР (СЕКС ХАКИДА ЭМАС)
Кафеда инглиз, турк, туркман ва узбек утирибди. Инглиз "мен кадахимни инглиз долларининг янада обру...davomi
Qo'tog'ni kattalashtirish uchum MaxiSize kremi
18000 ga Qo'tog'ni turg'azuvchi tabletka aksiya
Купить рекламу 50 руб.
Библиотека | Er xotin munosabatlari
1 2 3 >>

Boʻsh xona (hikoya)

Добавил:Аноним (09.12.2016 / 01:35)
Рейтинг:rating 214269 article (0)
Прочтений:24943
Комментарии:Комментарии закрыты
Donald Xenig - Boʻsh xona (hikoya)

Eshik kaliti buralganda gʻichirlagan tovush chiqdi va Karl bir lahzaga toʻxtab, qorongʻi uyga koʻz yugurtirdi. «Qiziq,-oʻyladi u,-uxlayaptimikin? Uygʻonmadimikin?». Ammo Karl Bogan bu fikrni darhol miyasidan quvib chiqardi. Pichoq kelib suyakka qadalgan, hozir unga baribir edi. Xotinining har kungi janjal va ayblovlari uning asablarini ishdan chiqargandi.

Karl ichkariga kirib endi zinadan koʻtarilmoqchi boʻlganida qorongʻulikdan xotinining ovozi eshitildi:

-Karl.

Karl Bogan birinchi pogʻonadayoq qotib qoldi. U xotini hozir qaerda turganini bilardi-mehmonxona burchagida. Har safar janjallashadigan boʻlsa Laura negadir oʻsha yerga turib olardi.

-Pistirmalaringga allaqachon koʻnikishim kerak edi,-dedi u,-ammo har safar meni choʻchitib yuborasan. Nimaga chiroqni yoqib qoʻymading?

-Nima uchun yoqib qoʻyishim kerak?-savolga savol bilan javob qaytardi Laura Bogan. Qorongʻi boʻlishiga qaramasdan, Karl uning qimtilgan lablari va nafratdan chaqnayotgan koʻzlarini ilgʻadi.-Nima uchun yoqib qoʻyishim kerak? Aytib qoʻysang boʻlarmidi?

-Men qaerdan kelayotganimni oʻzing yaxshi bilasan,-dedi Karl.

-Yoʻq, bilmayman, bilishni ham xohlamayman. Menga qilgan xiyonatlaring haqida vijdoning uygʻonmaguncha aytishingni xohlayman...

-Iltimos, Laura, yana boshlama.

-Yoʻq, boshlayman. Boshlayman! Xiyonatingni bas qilmaguningcha gapiraveraman.

-Yoki uydan ketib qolmagunimcha.

-Sen hech qachon bunday qilmaysan.

Hozir boshlanadi. «Uydan ketib qolsang qanday kun kechirasan? Sening puling ham, tayinli ishing ham yoʻq. Sen mening uyimda, mening pulimga yashayapsan, menga shuning uchun uylangansan. Men senga bir paytlar ishonganim va sevganim uchun chidab kelyapman…».

-Ovozingni oʻchir!-qichqirdi u xotini bu gaplarni yuzinchi marta qaytarishidan oldinroq.-Laura, nahotki shu paytgacha koʻnikmading?

-Chunki men senga koʻnikib qolganman, Karl, sening qiliqlaringga emas. Dunyodagi hech qaysi ayol erining xiyonatlariga koʻnika olmaydi.

-Nahotki koʻplab oilali erkaklar boshqa ayollar bilan uchrashib turishlarini bilmaysan?

-Bu gaping bilan oʻzingni oqlamoqchimisan, Karl?

-Sening oldingda ham, boshqasining oldida ham oʻzimni oqlashga hojat yoʻq,-javob qaytardi Bogan. Uni yaqinlashib kelayotgan boʻron oldidan paydo boʻladigan sukunat qamrab oldi.

«Oʻzini kim deb oʻylayapti,-gʻazablandi u.-Nahotki u la’nati pullari Karlning vujudi va ruhiga egalik qilishga huquq beradi deb oʻylayapti?».

Bogan xotirjamlik bilan xotiniga yaqinlashdi. U qonida xotiniga nisbatan qahr koʻpirib-toshayotganini his qildi.

Laura uning bu harakatidan choʻchib ketdi.

-Karl!-Uning ovozi qoʻrquvdan qaltirab chiqdi.-Unday qil...

Ammo kech boʻlgandi. Karl uning tomogʻidan boʻgʻib oldi. Laura tiz choʻkib qoldi va ogʻzini katta ochgancha unga dahshat bilan tikildi. Ularning koʻzlari orasini sanoqli santimetrlar ajratib turar, Karlning koʻzlarida sovuq uchqun va xotinini butunlay bir yoqli qilishga qat’iy qaror qilgani koʻrinib turar, xotinining koʻzlarida esa oʻlimdan oldingi dahshat ifodasi qotib qolgandi.

Bogan qoʻllarini boʻshatdi, xotini yerga quladi. Bir ozdan keyin oʻziga kelgan Karl atrofga alangladi. «Qiziq,-oʻyladi u,-bu xonada qotillik yuz berdi, ammo xonada hech narsa oʻzgarmadi».

Karl Bogan mehmonxonaga kirib pardalarni yopdi va chiroqni yoqdi. U kurtkasini yechib kresloga oʻtirdi va sigaret tutatdi. Karl oʻtirgan joydan xotini jasadining bir qismi koʻrinib turardi. U oʻylay boshladi. «Endi nima qilish kerak?».

Kutilmaganda Bogan qandaydir uyni buzishayotib inson suyaklarini topib olishgani haqidagi xabarni oʻqiganini eslab qoldi. Politsiya ayol kishiga tegishli bu suyaklar yertoʻlada kamida ellik yil yotganini taxmin qilgandi. Uni kimdir oʻldirgan, qolgan umrini esa bemalol, xavotirlanmay oʻtkazgan.

Karl yertoʻlaga yoʻl oldi. U choʻkich bilan tsement polni oʻydi va hayajondan titragancha yumshoq yerni qaziy boshladi. Soʻngra yuqoriga chiqib xotinini yertoʻlaga olib tushdi va hozirgina qazilgan qabrga qoʻydi.

Burchakda qum aralashtirilgan tsement solingan qop turardi. Karl suv olib keldi va qabr ustini suvay boshladi. Tirqishlardan quyoshning ilk nurlari tusha boshlaganda u ishini tugatgandi.

Bogan eski toʻqima kursiga oʻtirdi va qabrdan koʻzini uzmay sigaret chekdi.

Demak, endi Laura yoʻq, ammo uning yoʻqolib qolishi shubha uygʻotishi mumkin. U haqiqatga yaqin biror narsa oʻylab topishi kerak. Laura ikkisi qoʻshnilar bilan unchalik ham yaqin emasdilar. Laura «barcha qoʻshnilar erimning xiyonatkorligi haqida bilishadi» degan oʻyda ulardan uyalib, hech kim bilan aloqa qilmasdi.

Karl uning Kaliforniyadagi uzoq qarindoshlariga Laura ogʻrib qolganligi haqida xat yozib yubordi. U qarindoshlari kutilmaganda kelib qolmasliklari uchun unchalik ham boʻrttirib yozmadi. Oʻsha kunning oʻzida Bogan toʻrtta xat yozdi va har biriga bir hafta oraliqda sana yozdi. Bu xatlarda u Lauraning salomatligi yaxshilanganini, keyin birdaniga yomonlashgani va nihoyat, uning vafot etganligini bayon etdi.

Uchinchi kuni Karl Bogan qotillik qilganidan beri uyidan chiqmaganligini sezib qoldi. U qoʻrquvga hojat yoʻqligini, uyida yoʻqligida hech kim kelib jasadni kavlamasligini tushunar, ammo xavotir hissi uni tark etmasdi.

Uni turfa oʻylar iskanjasidan telefonning jiringlashi qutqardi. Qassob Bogan xonimning nima uchun buyurtmani olgani kelmaganligini soʻradi.

-Hammasi joyida,-javob qaytardi Karl.-Shunchaki Bogan xonimning ozgina mazasi qochib qoldi.

U qassobning Lauraga salomatlik tilashini eshitib boʻlgach, goʻshakni qoʻydi.

Telefon qoʻngʻirogʻi uni oʻylashga majbur qildi. Avvaliga u hammasi joyidaligini, keyin esa xotini kasal boʻlib qolganini aytdi. Bundan buyon ehtiyot boʻlish lozim. Qoʻshnilar unchalik ham ahmoq boʻlmasliklari mumkin. Qachondir bir kuni kimdir Bogan xonimning anchadan beri koʻrinmay qolganini sezishi va keraksiz savollarga koʻmib yuborishi mumkin.

Bundan tashqari, Lauraning dugonalari ham boʻlishi mumkin. Karl xotinini va uning fe’l-atvorini juda yomon bilganini endi tushundi. Karl kun boʻyi uyda boʻlmas, ba’zan esa bir necha kunlab yoʻqolib ketardi. Xotini u yoʻq paytda nima bilan shugʻullanganini, kimlar bilan, nimalar haqida gaplashganini qaerdan ham bilsin.

Tushlik qilib olgach, u bir oz mizgʻib olmoqchi boʻldi, ammo keyin bu qaroridan afsuslandi. U dahshatli tush koʻrdi. U uygʻonmoqchi boʻlar, lekin qattiq uyqu bunga yoʻl qoʻymasdi. U karavotda sovuq terga botgancha toʻlgʻanardi. Tushida Laura qabrdan chiqmoqchi emish. Laura tsementni tirnar, tinmay chinqirarmish. Tirnash ovozi borgan sari kuchayar, keyin esa boʻgʻiq zarbalarga aylanar emish. Sement polda yoriqlar paydo boʻlibdi. Butun uy zilziladan larzaga kelgandek titragan paytda Karl oʻrnidan sapchib turib ketdi va atrofga alangladi. Uyda sukunat hukm surardi. «Judayam jimjit», oʻyladi u vahima bilan. U yertoʻlaga qarab yugurdi. Shoshilganidan qoqilib tushib boʻynini sindirib olishiga sal
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 3 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовTOporn.su - Рейтинг порно сайтовSKYTPOP.US -  Рейтинг сайтов | Каталог сайтов